Prezident muammoli kreditlar ko‘pligi sababli Markaziy bankning 2 viloyatdagi boshqarma boshliqlarini hamda bir qator bank filiallari rahbarlarini ishdan bo‘shatish tavsiyasini berdi. Shuningdek, u oilaviy kreditlar hisobidan texnika va mahsulotlar xarid qilish tizimini ham tanqid qildi.
Hisob palatasi Namangan, Andijon va Surxondaryoda muammoli kreditlar ulushi yuqoriligicha qolayotganini ma’lum qildi. Jumladan, ushbu hududlardagi jami 149,4 mlrd so‘m muammoli kredit undirilmagan. 69% muammoli kredit «umidsiz» deb tasniflanib, balansdan chiqarilgan va bank zaxira mablag‘idan qoplangan.
Hukumat 2017−2021 yillarda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilgan va qaytarilmagan muammoli kreditlarni mahalliy budjetlarning rejadan oshirib bajarilgan qismidan qoplash masalasini muhokama qilmoqda. 2021-yilning o‘zida ushbu dastur bo‘yicha 2,8 trln so‘m (245,7 mln dollar) miqdoridagi muammoli kreditlar ajratilgan. Avvalroq MB rahbari “imtiyozli kreditlar bor joyda noto‘g‘ri foydalanish tendensiyasi va korrupsiya unsurlari paydo bo‘lishi” haqida ogohlantirgan edi.
1 mart holatiga ko‘ra, banklarning muammoli kreditlari (NPL) miqdori 265 mlrd so‘mga pasayib, 17 trln 212 mlrd so‘mga teng bo‘ldi. NPL kamayishida «Ipoteka-bank», «O‘zsanoatqurilishbank» va «Xalq banki» ushbu kreditlarning bir qismidan halos bo‘lgani asosiy rol o‘ynadi.
Mart oyining birinchi yarmida Rossiyadan pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada kamaydi, dedi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov. U pul o‘tkazmalarining qisqarishi aholi daromadlari va ularning kredit to‘lash qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkinligini tan oldi.
Hisob palatasi oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan 2,8 trln so‘mlik kreditlar muammoli holatda ekanini ma’lum qildi. Jumladan, Navoiy viloyatida mazkur dastur bo‘yicha o‘zaro aloqador uch fuqaroga 51 ta kredit shartnomasi bilan ajratilgan 867 mln so‘m kreditlar maqsadsiz ishlatilgan.
1 fevral holatida O‘zbekiston banklarining kredit portfelidagi muammoli kreditlar (NPL) ulushi 5,4 foiz yoki 503 mlrd so‘mga ko‘paydi. NPL o‘sishining asosiy qismi davlat ulushi mavjud banklar hisobiga to‘g‘ri keladi. Ushbu banklarda NPL 453 mlrd so‘mga ortgan. Xususiy banklarda esa bu ko‘rsatkich qariyb 50 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank tahlillariga ko‘ra, 2021 yilning 9 oyida jismoniy shaxslarning muammoli kreditlari (NPL) hajmi 5,4 barobar o‘sib, 5,2 trillion so‘mga yetgan. Shu bilan birga, keyingi oylarda banklarning kredit portfelining sifati bosqichma-bosqich yaxshilanmoqda.
Xalq banki muammoli kreditlar salmog‘i oshib ketgani uchun tijoriy kreditlar berishni to‘xtatdi. 1 iyul holatida ularning ulushi iyundagi 6 foiz o‘rniga 15 foiz yoki 3,2 trln so‘mga yetdi.
O‘zbekiston bank tizimidagi muammoli kreditlar (NPL) ulushi 1 iyunda 4,7 foiz yoki 14 trln so‘mga yetdi, o‘tgan yil boshida bu ko‘rsatkich 2,1 foizni tashkil etgan edi. NPL O‘zMB, «Agrobank», «O‘zsanoatqurilishbank», Xalq banki, «Qishloq qurilish bank» va boshqalarda o‘sdi.
O‘zbekiston bank tizimidagi muammoli kreditlar ulushi yil boshidan buyon 1,4 foizga o‘sib, 2,9 foizga (7 trln so‘m) yetdi. Aksariyat banklarda kredit portfelining sifati yomonlashgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting